Butun dunyo kompyuterlariga yangicha virus orqali hujum qilindi

Fan-texnika 20:29 / 27.06.2017 19455

Seshanba kuni "Rosneft" kompyuterlariga yo‘naltirilgan  Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga ziyon yetkazdi. Bu haqida "Kasperskiy labaratoriyasi" xalqaro tadqiqot bo‘limi rahbari Kostin Rayyu o‘zining Twitter'dagi akkauntida xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 18 iyunida paydo bo‘lgan virusning yangi versiyasida Microsoft'ning raqamli soxta imzosi bor. 

InfoWatch bosh direktori Natalya Kasperskayaning "TASS"ga ma'lum qilishicha, shifrli virusning o‘zi paydo bo‘lganiga bir yildan oshgan. U asosan fishing xabarlar orqali tarqaladi. 

Kasperskayaning aytishicha, Petya virusining birinchi varianti administratorni talab qilgan. Agar administrator huquqi berilmasa, u kuchsiz bo‘lgan. Shu bois u administrator huquqiga ega boshqa bir tovlamachi Misha virusi bilan birlashgan.

Group-IB'ning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, virus Rossiya va Ukrainadagi 80 ga yaqin tashkilotning kompyuterlariga hujum qilgan. Petya virusi kompyuterlarni bloklaydi va operatsion tizimni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaydi. Qayta tiklanish va fayllar shifri uchun esa 300 dollar miqdoridagi to‘lovni talab qiladi. 27 iyun kuni kunduzi Rossiya va Ukrainaning neft, telekommunikatsiya va moliya kompaniyalariga keng ko‘lamli hujum qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: