Boeing Dreamliner'ning ba'zi qismlari 3D-bosmasi yordamida tayyorlanadi

Fan-texnika 12:18 / 11.04.2017 5035

Boeing kompaniyasi Norvegiyaning Norsk Titanium AS korxonasi samolyot qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishini ma'lum qildi. Ishlab chiqarish jarayoni Norvegiyada boshlanadi. Joriy yil yakuniga qadar esa – Nyu-York shtatining Plattsburgidagi korxonada davom ettiriladi. 

Ayni damda Norsk va Boeing texnologiya tasdiqlanishini kutmoqda: sertifikatlashtirish AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Boeing Dreamliner’ning ba'zi bir qismlari esa 3D-bosma yordamida tayyorlanadi.

Yangi texnologiya Boeing Dreamliner 787 avialaynerining har birini qurish jarayonida 2-3 million dollar atrofida mablag‘ iqtisod qilish imkonini beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: