Toshkentning Shayxontohur tumanida yirik o‘g‘irlik sodir etildi

Jamiyat 11:54 / 23.02.2017 50207

22 fevraldan 23 fevralga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi uylardan birida o‘g‘irlik sodir etildi. Nuz.uz’ning tezkor xodimlarga asosan xabar berishicha, jinoyat Samarqand viloyatilik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.

1990 yilda tug‘ilgan o‘g‘ri uydan 1,5 million so‘m va 500 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘lari, ikkita iPhone smartfoni va O‘zbekiston fuqarosi pasportini olib chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, tezkor qidiruv-surishtiruv tadbirlari natijasida o‘g‘ri qo‘lga olindi. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: