Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi yana bir hafta yopiq turadi 

Jamiyat 11:23 / 22.02.2017 20745

Toshkent shahrining Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 1 martga ko‘chirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar tarqatdi.

Kompaniya tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, haydovchi va yo‘lovchilardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishni so‘radi.

“Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasi 11−23 fevral kunlari hududda yo‘l o‘tkazgich qurilayotgani munosabati bilan transport vositalari harakatlanishi uchun yopilishi haqida xabar berilgan edi.

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich nafaqat haydovchi va piyodalarga, balki shu yerda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: