Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi

Jamiyat 08:29 / 07.02.2017 26611

O‘zbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva The Best Award mukofoti bilan taqdirlandi. 

Taqdirlash marosimi Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan. Lola Karimova-Tillayevaga mukofot ko‘p yillik xayriya faoliyati, shuningdek Yevropada O‘zbekiston madaniyati va san'atini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

The Best Award har yilgi mukofoti 1977 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, uni turli yillarda Karl Lagerfeld, Umar Sharif, Endi Uorxol, Mari-Xelen de Rotshild kabi mashhur insonlar qo‘lga kiritgan.

Ma'lumot uchun, Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonda ikkita yirik xayriya tashkiloti – “Sen yolg‘iz emassan” fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi rahbari sanaladi. Ular ota-ona qaramog‘isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: