Tramp o‘z farmoni haqida: Bu musulmonlarga taqiq emas

Jahon 10:46 / 30.01.2017 23579

AQSh prezidenti Donald Tramp OAVlari muhojirlik siyosati haqidagi so‘zlarini “musulmonlar uchun taqiq” deb noto‘g‘ri talqin qilishganini aytib o‘tdi. 

- Aniqlik kiritmoqchiman - bu musulmonlarga taqiq emas. OAV buni noto‘g‘ri tushunishdi. Bu din bilan bog‘liq masala emas – bu terror va mamlakatimizdagi xavfsizlik haqida. Bu farmonda so‘z yuritilmagan dunyo bo‘ylab 40dan ortiq har xil davlat bor va ularda asosan musulmonlar istiqomat qiladi, - deyiladi Amerika prezidenti maxsus bayonoti matnida.

Avvalroq Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorchilar kirib kelishidan himoyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelishini taqiqlab qo‘ydi. Hujjat shuningdek barcha qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatib turish hamda Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni noma'lum muddatga qoldirishni ham nazarda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: