Infantino: Rossiyani JCh-2018’dan mahrum qilish muammoni yechishga yordam bermaydi

Sport 20:00 / 19.12.2016 12108

FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyadan 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini tortib olish yoki jahon birinchiligini boykot qilish muammoni yechishga yordam bermasligini aytib o‘tdi. Amaldorning ta'kidlashicha, Rossiyadagi JChda dopingga qarshi tekshiruvlar FIFA tomonidan o‘tkaziladi. U o‘zining dopingga qarshi tizimiga egadir.

«Biz ishqibozlarga o‘z majburiyatlarimizni samimiy va to‘g‘ri ado etayotganimizga ko‘rsatib berishimiz lozim. Biz ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaymiz. Rosiyada ham, Qatarda ham futbolni yaxshi ko‘radigan insonlar yashaydi. Boykot va chetlatishlar esa muammoni hal qilishda ko‘mak bermaydi. Agar muammo bo‘lsa, biz u bilan to‘qnashib, undan o‘tishimiz hamda oldinga qarab harakat qilishimiz lozim.

FIFA dunyo doping politsiyasi emas. Bu futbol bo‘yicha xalqaro boshqaruv organidir. Bizning tartib-intizom qo‘mitalarimiz Maklarenning hisobotida futbolga aloqador barcha joyni jiddiy o‘rganib chiqishadi.

Choralar qo‘llash kerak bo‘lsa ular qabul qilinadi. FIFA o‘zining dopingga qarshi tizimiga ega. 2010 va 2014 yillardagi jahon chempionatlarida tekshiruvlar turnir tashkilotchilari tomonidan o‘tkazilmadi. Rossiyada buni FIFA amalga oshiradi», - deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi Spiegel.

Ko‘proq yangiliklar: