Erkin iqtisodiy hududlardagi valyuta tartibiga doir qaror loyihasi yil oxirigacha muhokama qilinadi

O‘zbekiston 13:14 / 19.12.2016 22930

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, erkin iqtisodiy hududlarda alohida maqomga ega bo‘lgan valyuta tartibi joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda. 

Ushbu hujjat, hukumatning me'yoriy-huquqiy hujjatlar saytida muhokamaga qo‘yilgan. Uning muddati 2016 yil 31 dekabr yarim tungacha etib belgilangan. 

«Erkin iqtisodiy hududlarda maxsus valyuta rejimi faoliyatiga doir tartib to‘g‘risidagi Nizom» nomli qaror loyihasiga ko‘ra, EIH ishtirokchilari tomonidan quyidagi valyuta amaliyotlari o‘tkazish tartibi nazarda tutilgan:
 
1. EIH qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasining o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarini mustaqil ravishda tanlaydi (keyingi o‘rinlarda – tijorat bank) va bir yoki bir nechta tijorat banklarida xorijiy valyutadagi hisob raqamlarini ochishga haqlidirlar. 

2. EIH qatnashchilari, shuningdek, qonunda belgilangan tartibda xorijda ham bank hisob raqamlariga ega bo‘lishiga haqlidir. 
 
3. EIH qatnashchilarining, xususan, mahsulotlar eksporti (ish, xizmat)dan tushadigan xorijiy valyutadagi tushumi majburiy tartibda tijorat banklaridagi hisoblariga o‘tkazilishi kerak. 

4. EIH qatnashchilarining xorijiy valyuta tushumining xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazilishiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan va o‘sha hisob raqamlarini ochishda ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchungina ruxsat etiladi. 

5. EIH qatnashchilariga quyidagilarga ruxsat beriladi:

EIH doirasida o‘zaro shartnoma va bitimlardan kelib chiqqan holda xorijiy valyutada hisob-kitob qilish va to‘lovlarni amalga oshirishga;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanuvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan mahsulotlar, ish va xizmatlarga xorijiy valyutada to‘lovni amalga oshirish;
Ularga eksport va import qilinayotgan mahsulotlar uchun o‘zlariga qulay to‘lov va hisob-kitob shakllarini tanlashiga imkon berish.

6. EIH qatnashchilari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari EIH qatnashchilariga mahsulotlar, ish va xizmatlarni xorijiy valyutada sotishga haqlidirlar.

7. EIH qatnashchilarining tijorat banklaridagi hisob raqamlariga quyidagi holatlarda xorijiy valyutadagi mablag‘lar o‘tkazilishi mumkin:

Tashqi savdo yuritish bilan bog‘liq to‘lovlar uchun;
EIH qatnashchilari bilan mavjud kelishuv va bitimlar shartlariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklari orqali xarid qilingan valyutalar;
EIH qatnashchilari tomonidan qonunda belgilangan tartibda olingan xorijiy valyutalar;
EIH qatnashchilari tomonidan qonunda belgilangan tartibda Nizom jamg‘armasiga mablag‘ kiritish;
Qonunda belgilangan tartibda olingan kreditlar, xorijiy sarmoyalar va zayomlar hamda ularni to‘lash bilan bog‘liq to‘lovlar yuzasidan;
Plastik va kredit kartochkalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha;
Qonunda belgilangan holatlarda nosavdo mazmunidagi to‘lovlar uchun;
Qonunda belgilangan tartibda xorijdan o‘tkazilgan beg‘araz yordam sifatidagi mablag‘lar;
Boshqa banklarda hisob ochgan, hisob raqami egasidan o‘tkazilgan mablag‘lar;
Qonunga zid bo‘lmagan boshqa holatlarda.
 
8. EIH qatnashchilarining tijorat banklaridagi hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi mablag‘lari, faqatgina hisob raqami egasining ko‘rsatmasiga binoan:

Joriy xalqaro amaliyotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq to‘lovlar uchun;
EIH qatnashchilarining hisob raqamlariga mavjud shartnoma va kelishuvlarga binoan o‘tkazilishi mumkin;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari – boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining hisob raqamlariga mahsulotlar, ish va xizmatlari uchun;
Qonunda belgilangan tartibda tijorat bankining xorijiy valyutadagi amaliyotlari uchun xizmat to‘lovi, xodimlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga mehnat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun (shu jumladan naqd shaklda);
Kreditlar, zayomlar va foizlarni to‘lash uchun;
Yuridik shaxslarning Nizom jamg‘armasiga qonunda belgilangan tartibda mablag‘ kiritish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko‘rsatayotgan bankka sotilishi;

EIH qatnashchilarining norezident xodimlariga ish haqi to‘lashda foydalanishi;
Hisob raqami egasining O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa tijorat banklarida ochgan hisob raqamlariga o‘tkazilishi;
Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda nosavdo mazmunidagi to‘lovlarni aalga oshirish uchun;
Qonunchilikda belgilangan talablarga zid kelmaydigan boshqa holatlar bo‘yicha foydalanilishi mumkin.

9. EIH qatnashchilarining ichki bozorda xorijiy valyutani xarid qilishi va sotishi qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: