Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen yangi modeli tafsilotlarini ma'lum qildi

Foto: motor.ru
Britaniyaning Autocar nashri Volkswagen’ning yangi modeli – Arteon haqida birinchi tafsilotlardan xabardor bo‘ldi. Bu yangi model kupesimon Passat CC sedani o‘rniga keladi. Yangi model BMW 4-Series Gran Coupe modeliga raqobatchilik qiladi.
"Arteon" MQB modul platformasining uzaytirilgan varianti negizida quriladi. Model SS’dan (gabarit uzunligi 4850 mm) 50 mm ga uzunroq bo‘ladi, yukxonasi hajmi 1700 litrga yetadi. Bundan tashqari, mashina orqa yo‘lovchilar uchun shinamroq qilib ishlanadi.
Mashina dvigatellari qatoridan "Passat" modeliga o‘rnatiluvchi 4 silindrli dvigatellar hamda 280 ot kuchiga ega turbomotor joy oladi. Dvigatellar 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi.
Yangi modul 3D-effektiga ega yorug‘lik-diodli yorug‘lik texnikasi, raqamli asboblar paneli, mashinani o‘zi tormozlab, o‘zi tezlashtiruvchi ilg‘or adaptiv nazorat, yo‘lda qatorlar bo‘ylab harakatni nazorat qiluvchi va polosa bo‘ylab harakatni ushlab turuvchi tizimlar bilan jihozlanadi. Bu tizimlar deyarli yarimavtonom harakatni ta'minlaydi.
Avvalgi Passat CC "Folksvagen"ning Yevropadagi eng nomashhur modellaridan biri bo‘lgan. 2015 yilda bu avtomobildan bor-yo‘g‘i 4 ming dona sotilgan. Yangi model chiqarilishi bilan kompaniyada vaziyatni to‘g‘rilashga va bu avtomobil yaxshi savdo ko‘rsatkichlariga erishishiga umid qilinmoqda.
Volkswagen Arteon haqidagi birinchi ma'lumotlar 28 noyabrda uning birinchi tasviri chop etilganda paydo bo‘ldi. Mashinaning birinchi taqdimoti 2017 yilgi Jyenevadagi motorshouda o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi
Jahon | 12:55
-
O‘zbekiston va Pokiston Boburiylar sulolasi tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot o‘tkazadi
O‘zbekiston | 12:30
-
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi
O‘zbekiston | 12:29
-
Stratosferdan sakragan Feliks Baumgartner paraplan qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Jahon | 12:16