Las-Vegasda AQSh prezidentligi uchun so‘nggi telebahslar bo‘lib o‘tmoqda

Jahon 07:51 / 20.10.2016 6750

AQSh prezidentligi uchun nomzodlar Hillari Klinton va Donald Tramp so‘nggi, uchinchi telemunozaralarga kirishishdan avval ham qo‘l berib ko‘rishishmadi, deb xabar qiladi Reuters agentligi.

Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi nomzodlari o‘rtasidagi bahslar Nevada shtatida prezidentlik bahslarini tashkil etish Komissiyasi tomonidan tashkil etildi. 

O‘tgan safargi telebahslar 9 oktabr kuni Vashington Universitetining Sent-Luis shahridagi binosida bo‘lib o‘tgan edi. 

Telebahslarda, avval xabar qilinganidek, Barak Obamaning o‘gay akasi ham qatnashdi. U respublikachi nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan edi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: