Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Fan-texnika 19:33 / 11.10.2016 10140

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 11 oktabrdan Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Bundan avval kompaniya akkumulyatorlar yonishi natijasida Galaxy Note 7 smartfonlarning sotuvi va ularning almashinuvi vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida e'lon qilgandi. Kompaniya hukumat vakillari, jumladan Koreyaning texnologik standartlar agentligi bilan maslahatlashib, shunday qarorga kelgan. Shuningdek kompaniyaning mazkur smartfonlardagi noqisliklarni o‘rganishga kirishgani ma'lum qilingan. 

Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 sotuvlari 19 avgustdan sotila boshlagan. Sentyabr oyining boshida kompaniya smartfonining 2,5 million yangi modeli jahon bozoridan, jumladan, AQSh, Janubiy Koreya va Tayvan do‘konlaridan qaytarib olingan. Bunga uning zaryadlash vaqtidagi yonib ketish holatlari ko‘p kuzatilgani sabab bo‘lgan. 

Samsung Electronics — elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. Uning shtab-kvartirasi Seulda joylashgan. 2016 yilning apreliga ko‘ra, kompaniyaning 84 mamlakatdagi xodimlari soni 319 ming kishi atrofida bo‘lgan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: