Apple iPhone 7 smartfonini taqdim etdi

Fan-texnika 00:21 / 08.09.2016 21651

7 sentabr kuni San-Frantsiskodagi Bill Graham Civic Auditorium arenasida Apple kompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. Unda kompaniya o‘zining navbatdagi smartfoni – iPhone 7’ni taqdim etdi. 

Yangi iPhone to‘rt xil rangda bo‘ladi: tillarang, pushti tillarang, kumush va qora. Shuningdek, Apple Home tugmasini ham ishlab chiqqan. 

Yangi iPhone 7’ning asosiy xususiyatlari: 5,5 dyuymli Retina HD displeyi, 12 Mp asosiy kamera va 7 Mp old kamera, suv va changddan himoya, «Home» tugmasining yangilanishi, stereodinamikalar, simsiz quloqchinlar, 3,5 mm teshik yo‘qligi, uzoq muddatga yetuvchi zaryad va iOS 10.

Shuningdek, uning ikkita kameraga ega bo‘lishi — ayni haqiqat! Qurilma dizayni yanada ixchamlashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: