Rio-2016 kundaligi. Medallar hisobi bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy kuchli uchlikni tashkil qilmoqda

Sport 11:22 / 15.08.2016 13958

Rio-2016 olimpiadasining to‘qqizinchi kun bahslari yakunlandi. Ayni paytga kelib medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda - 69ta medal (26-21-22). 

To‘qqizinchi kun britaniyaliklar uchun samarali kechdi, jamoa sportchilari 5ta oltin va 3ta kumushga ega bo‘lishdi va jami 38ta medal bilan (15-16-7) Xitoyni (15-13-17) quvib o‘tishdi.

To‘qqizinchi kun bahslarida medallari sonini 30taga yetkazgan rossiyaliklar terma jamoasi oltinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan (9-11-10). Rossiya termasi to‘qqizinchi kun bahslarida 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medal olishdi.

Germaniya 17ta (8-5-4), Fransiya 22ta medal bilan (7-8-7) beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egallagan.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobi 1ta oltin va bitta bronza medal bilan boyidi. Terma jamoa 57 o‘rindan 39 o‘ringa ko‘tarilgan.

Turnirda ishtirok etayotgan 206 terma jamoadan 68tasi shu vaqtga qadar medalli bo‘ldi.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: