Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birovning idishida suv ichmoq yoki “toza suv” mashmashasi

Foto: UzA
2016-yil 24-may kuni Toshkent shahar xo‘jalik sudi «Societe de produits Nestle S.A.» kompaniyasining «Family Group» MChJ QKga nisbatan arizasini qanoatlantirib, javobgarni o‘z reklama mahsulotlari va «Family» ichimlik suvini sotishda, ko‘p yillardan beri «Nestle Pure Life» ichimlik suvi bilan bog‘liq bo‘lgan grafik chiziqlar va ranglardan foydalanishni taqiqladi.
Gap shundaki, «Nestle Pure Life» va «Family» ichimlik suvlarining savdo belgilari bir-biriga o‘xshashligi, ushbu mahsulotlardan birini tanlashda xaridorni chalg‘itishi mumkin. Xususan, «Family» suvini sotib olayotgan kishi uning dunyo tan olgan savdo belgisiga aloqasi yo‘qligini bir qarashda ajrata olmaydi, deb yozmoqda Anhor.uz.
«De Facto» marketing agentligi va «Ijtimoiy fikr» jamoat fikrini o‘rganish Markazi tomonidan alohida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, so‘ralganlarning aksariyati «Family» ichimlik suvi «Nestle Pure Life» savdo belgisiga tegishli deb hisoblashini bildirgan. Faqatgina 1.7 foiz kishi yangi ichimlik suvi Family Group MChJ QKga tegishli ekanini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102-moddasiga ko‘ra, savdo belgisiga egalik qiluvchi shaxs, uni qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyat uchun foydalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining «Savdo belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va mahsulotlarning kelib chiqishiga oid nomlari to‘g‘risida»gi Qonunning 25-moddasiga binoan savdo belgisini ruxsatsiz tayyorlash, undan foydalanish, olib kirish, sotuvga chiqarish, sotish yoki aylanmaga chiqarish yoxud shu maqsadda savdo belgisi yo ushbu savdo belgisi bilan belgilangan mahsulotni saqlash, bir turdagi mahsulotlarning savdo belgilarini o‘zaro bir-biriga juda o‘xshash tarzda aralashtirib yuborish, qonunbuzarlik hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, «Societe de produits Nestle S.A.» kompaniyasi xalqaro va milliy qonunchiliklarga asoslangan holda sudga murojaat qilgan va Toshkent shahar xo‘jalik sudi, taqdim etilgan dalillardan kelib chiqib, murojaatchining arizasini qanoatlantirgan.
Biroq, hatto mualliflik huquqi odoblariga rioya etishni xohlamagan «Family Group» MChJ QK sud hukmidan noroziligini bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudiga murojaat qilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59