Amerikalik kishi Apple kompaniyasidan iPhone va iPad g‘oyasini "o‘g‘irlaganligi" uchun 10 milliard dollar talab qildi

Fan-texnika 01:22 / 30.06.2016 7980

Florida shtatida yashovchi kishi Apple kompaniyasiga qarshi da'vo arizasi berdi, u iPhone, iPad va iPod qurilmalarini Kupertinodagi kompaniyadan ancha avval ixtiro qilganligini ta'kidlamoqda. Bu haqida MacRumors xabar berdi

Muhandis Tomas Ross da'vo arizasiga 1992 yilda chizgan chizmalarini ilova qildi. O‘sha paytlar u o‘zi ishlab chiqargan qurilmani patentlashga harakat qilgan, biroq registratsiya to‘lovini amalga oshirishga qurbi yetmagan. Shu munosabat bilan Ross Apple kompaniyasidan 10 milliard dollar hamda sotuvdan 1,5 foizli ulushni talab qilmoqda. 

Da'vo arizasida muhandis iPhone'ning u o‘ylab topgan ERD qurilmasiga (electronic reading device - o‘qishga mo‘ljallangan elektron moslama) o‘xshashini ta'kidlamoqda. Ross kompaniyaning "barcha pirat mahsulotlarini va uning nusxalarini yo‘q qilish"ga erishmoqchi. 

Ko‘proq yangiliklar: