Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robbi Uilyamsning Los-Anjyelesdagi 5,45 mln dollarlik uyi 11 mln dollarga baholandi

Mashhur britaniyalik pop-qo‘shiqchi Robbi Uilyams 2002 yilda 5.45 mln dollar evaziga sotib olgan Los-Anjyelesdagi uyini 11 million dollar foydasi bilan sotishni mo‘ljallayapti, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.
Maydoni 984,8 kv.m ni tashkil etgan uy San-Fernando vodiysiga qaragan Beverli-Xillz tepaligida joylashgan bo‘lib, 7 yotoqxona, ovoz yozish studiyasi va ofisdan iborat. Xonalar esa zamonaviy uslubda jihozlangan. Hovlining orqa qismida kichik sharsharali hovuz, oshxona va toza havoda ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan ayvon mavjud.
2002 yilda EMI ovoz yozish studiyasi bilan birgalikda yetti musiqiy albomni yozish uchun shartnoma imzolagan Robbi “qimmatbaho uyi”ni ham aynan shu yil sotib olgan edi. O‘sha paytda qo‘shiqchi imzolangan shartnomasi uni o‘zi kutganidek boyitib yuborishini taxmin qilgan edi.
Ayni damda sotuvda bo‘lgan uy qarshisida boshqa bir uyni xarid qilishganiga qaraganda Uilyams va uning rafiqasi Los-Anjyelesni hali beri tark etadiganga o‘xshamaydi.
Mahalliy riyeltorlardan biri Jyeff Kolning fikricha, “o‘n yil davomida ularning bir joyda yashashi shaharning bir qismini to‘liq kashf etishlari uchun yetarli muddat”, deb hisoblaydi.
1974 yilda tug‘ilgan qo‘shiqchining albomlari 55 mln nusxada sotilgan. Avvaliga mashhur Take That guruhi tarkibi a'zosi bo‘lgan Robbi 1990 yilda o‘z yakkaxon ijodiga kirishib, dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03