Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga kiritilmagan fuqaroga Bokuda qaytish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi
O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchixonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Boku shahrida qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqaroga O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va aviachipta masalasida amaliy yordam ko‘rsatdi.
Foto: dunyo.info
Ma’lum qilinishicha, fuqaro F.G. elchixonaga murojaat qilib, Vatanga qaytishda ko‘mak so‘ragan. Shundan so‘ng, unga yordam berish maqsadida tegishli hamkor tashkilotlar bilan bog‘lanilib, zarur choralar ko‘rilgan.
Vatandosh so‘zlariga ko‘ra, u joriy yil sentabr oyida mehnat qilish maqsadida Ozarboyjon hududi orqali Turkiyaga yo‘l olgan. Biroq, Turkiya chegara xizmati xodimlari uni mamlakatga kiritmagani sababli, u ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Elchixona tomonidan uning yurtga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan Boku–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta sotib olishda ko‘maklashildi.