Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Malayziya: avtomobilsozlikda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
10 noyabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Malayziyaning milliy avtomobilsozlik kompaniyasi Proton Holdings vitse-prezidenti Aynol Azmil bin Abu Bakar bilan uchrashib, sanoat salohiyatini mustahkamlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan qo‘shma loyihalar hamda sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda avtomobilsozlik yo‘nalishida hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Xususan:
- lokallashtirish darajasini oshirish va mahalliy qiymat ulushini kengaytirish;
- tarmoq uchun zarur komponentlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
- kadrlar tayyorlash, servis va distributsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
- hududiy kooperatsiya orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, Proton Holdings — Malayziyaning milliy avtomobil brendi bo‘lib, 1983 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning bosh ofisi Selangor shtatida joylashgan.
Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni bosqichma-bosqich kengaytirish, potensial investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy jihatdan o‘rganish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
11:42 / 01.12.2025