Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq “Toshturma” hududi bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yuborildi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 martda 220-f-sonli farmoyishiga asosan Yunusobod tumani Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi bino-inshootlari va unga tegishli hudud Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilgan.
Foto: liveinternet
Mazkur hududda barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklatilgan.
Biroq oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramay, farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosi hanuzgacha to‘liq ta’minlanmagan. Hozirda ushbu yer maydonlari qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim qurilish kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sayyora Abdukarimova tomonidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovga senator so‘rovi yuborildi.
Senator Toshkent shahar hokimidan mazkur hududning hozirgi holati, farmoyishda belgilangan vazifalar bajarilishi kechikkani sabablari hamda tegishli yer maydonini obodonlashtirish va zamonaviy xiyobon barpo etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ragan.
Mavzuga oid
17:02 / 17.11.2025
“Toshturma” o‘rniga xiyobon: va’dani bajarish uchun hali ham kechmas
10:28 / 17.11.2025
Mutaxassislar Toshkentda havo sifati yomonlashgani yuzasidan aholini ogohlantirdi
20:48 / 14.11.2025
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
17:25 / 14.11.2025