Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda ish haftasi davomida quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +8…+13, kunduzi +23…+32 darajagacha ko‘tariladi.
Foto: Kun.uz
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechalari +8…+13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida +20…+25 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib +23…+28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30…+32 darajagacha ko‘tariladi.
10 oktyabr, juma kuni respublika shimolida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Dushanba kunduzi havo harorati +22…+24 darajani tashkil etadi. Hafta davomida kechalari +9…+12 daraja, kunduz kunlari +23…+26 daraja atrofida bo‘ladi.