Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuz uchun ilk jiddiy sovuq
1-3 oktyabr kunlari mintaqaga navbatdagi sovuq antitsiklon kirib keladi. Baland tog‘larda joylashgan aholi punktlarida o‘simliklarni sovuq urishi va ilk qor yog‘ishi yuz beradi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Sovuq antitsiklonning janubiy chekkasi ta’sirida 1 oktyabr kuni shimoliy hududlarda havo harorati +3 darajagacha, 2 oktyabr tongida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida +5...+7 darajagacha, 3 oktyabr tongida Toshkent va Sirdaryo viloyatining tekislik hududlarida +6...+8 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Tog‘lar va ayrim tog‘ etaklarida harorat minimumlari +3 darajagacha, hatto nol darajagacha pasayishi mumkin.
Joriy antitsiklonning kirib kelishi arafasida yuzaga keluvchi yog‘inlar asosan 2 va 3 oktyabr kunlari Toshkent, Sirdaryo va vodiy viloyatlari hamda tog‘larda ro‘y berishi kutilmoqda. Ushbu viloyatlarning ba’zi hududlarida yog‘inlar intensivligi oshishi mumkin.