Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
Rossiya razvedkachi samolyoti Boltiq dengizi ustidagi xalqaro havo hududida aloqaga chiqmasdan paydo bo‘ldi. Germaniya NATO iltimosiga ko‘ra ikkita Eurofighter'ni havoga ko‘tardi.
Foto: Reuters
Germaniya harbiy-havo kuchlarining (lyuftvaffe) ikkita Eurofighter qiruvchi samolyoti Rossiyaning Il-20M harbiy razvedka samolyoti Boltiq dengizi ustidagi havo makonida paydo bo‘lishi ortidan NATO talabiga binoan Germaniyadagi Rostok-Lage harbiy aerodromidan havoga ko‘tarildi, deb xabar berdi Germaniyaning Shimoliy Atlantika alyansidagi vakolatxonasi 21 sentabr, yakshanba kuni.
Noma’lum samolyot xalqaro havo hududida parvoz rejasisiz bo‘lgan va aloqa o‘rnatmagan. Samolyot turi «tashqi identifikatsiya» deb ataladigan usul orqali aniqlangan, deya xabar beradi Germaniya havo kuchlari.
Boshqa xabarga ko‘ra, Germaniya Harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Rossiya razvedka samolyotini NATO bo‘yicha hamkori Shvetsiya samolyotlari bilan almashtirgunga qadar kuzatib borgan. Germaniya havo kuchlari hech bir mamlakat havo hududi buzilmaganiga aniqlik kiritdi.
Mavzuga oid
14:26
Germaniyada dronlar va aviatsiya bilan bog‘liq hodisalar 40 foizga ko‘paydi
10:14
“Asadsiz kelajak” shiorlari ostida: Germaniyada suriyaliklarning ommaviy aksiyasi
02:11
Germaniya Falastin davlatini tan olmaydi – Mers
21:25 / 07.12.2025