Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya 5 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi
Malayziyaning Bernama axborot agentligi "Malayziya O‘zbekistonning mintaqadagi muhim hamkori" sarlavhali maqolani e’lon qildi.
Foto: "Dunyo" AA
Maqolada Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimi tafsilotlari qalamga olingan.
"Elchi Karomiddin Gadoyev Malayziya 1991 yilda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan biri bo‘lganini, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 21 yanvarda o‘rnatilganini ta’kidladi, – deyilgan nashrda. – Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar 5 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega bo‘lgan qo‘shma loyihalar va yuqori darajadagi faol aloqalar bilan yangi darajaga ko‘tarilmoqda".
Nashrda ma’lum qilinganidek, 2024 yil may oyida 16 yillik tanaffusdan so‘ng Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2025 yil fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga tashrifi amalga oshirildi. Bu O‘zbekiston prezidentining yigirma yil ichida Malayziyaga birinchi tashrifi bo‘ldi.
Material yakunida "Hozirgi kunda O‘zbekistonda malayziyalik hamkorlar bilan 5 milliard AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega bo‘lgan 40 dan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan", – deya urg‘ulangan.
Mavzuga oid
12:17 / 13.11.2025
Xorijiy sarmoyali korxonalar: poytaxt va atrof hududlarda to‘planish tendensiyasi
22:22 / 12.11.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Yuta shtati biznes delegatsiyasi bilan uchrashdi
11:08 / 12.11.2025
Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi - Prezident farmoni
19:53 / 11.11.2025