Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Tenaga Nasional Berhad korporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Megat Jaloliddin bin Xasan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
Uchrashuvda O‘zbekistonda energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Korporatsiyaning elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berishning butun zanjirini qamrab olgan noyob tajribasini O‘zbekistonda ham joriy qilish tomonlar uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.
Malayziya vakiliga O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidro elektr stansiyalarini qurishga sarmoya kiritish, davlat-xususiy sherikchilik asosida elektr tarmog‘i infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish taklifi bildirildi.
Korporatsiya prezidenti o‘zbek tomonidan bildirgan takliflar kompaniya mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Hamkorlik loyihalarini muhokama qilish uchun korporatsiyaning mas’ul xodimini biriktirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:53 / 11.11.2025
Malayziyada o‘g‘irlangan ruhoniy ishi: uning rafiqasi hukumat va politsiyaga qarshi sudda g‘olib chiqdi
09:56 / 11.11.2025
O‘zbekiston–Malayziya: avtomobilsozlikda hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi
11:56 / 16.10.2025
Malayziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpur - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
10:04 / 19.09.2025