Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
U 2005 yilda YTH oqibatida komaga tushgan va «Uyqudagi shahzoda» sifatida tanilgandi.

Saudiya Arabistoni podshohligi xonadoni a’zosi, shahzoda Al-Volid ibn Xolid ibn Talal ibn Abdulaziz Ol Saud 35 yoshda vafot etdi. Bu haqda 19 iyul kuni The National nashri uning oilasining bayonotiga asoslanib xabar bergan, dafn marosimi 20 iyulga mo‘ljallangan.
Saudiya Arabistonining «uyqudagi shahzodasi» sifatida tanilgan Al-Volid 2005 yildan buyon koma holatida edi. 15 yoshli shahzoda o‘shanda Londondagi harbiy litseyda o‘qiyotgan paytida yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. U bosh miya jarohati va miyaga qon quyilishi oqibatida koma holatiga tushgan. AQSh va Ispaniyadan kelgan mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramay, u hushiga kelmagan.
Koma paytidagi ayrim refleks harakatlari oila a’zolarida umid uyg‘otgan. Xususan, 2020 yilda oila shahzodaning barmoqlari beixtiyor harakatlangani aks etgan videoni tarqatgan edi.
Nashrning qayd etishicha, shahzoda «umid va bardosh ramzi» hisoblanardi.
Shahzoda Al-Volid – shahzoda Xolid ibn Talalning to‘ng‘ich farzandi va milliarder Al Volid ibn Talalning jiyani, Saudiya Arabistonining birinchi podshohi Abdulazizning evarasi hisoblanadi. Uning otasi og‘ir ahvoldagi o‘g‘lining hayotini uzaytirish vositalarini olib tashlash haqidagi takliflarni qat’iy rad etgan va farzandining tiklanishiga umid qilgan.
Ammo 19 iyul kuni uning o‘limi haqida e’lon qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari SleepingPrince heshtegi ostida oilaga hamdardlik bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

14:51 / 04.08.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025