Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Loyiha doirasida Dang‘arada mis va alyumin simlar ishlab chiqariladi va 10 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.

Dang‘ara tumanida mis va alyumin simlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18 iyul kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tojikistonlik investor Shuxradjon Ashurmatov va uning farg‘onalik hamkori Fotima Imomovani qabul qilgan.
Muloqotda Dang‘ara tumanida “Osiyo kabellari” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mis va alyumin simlar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilingan.
“Loyiha to‘g‘ridan to‘g‘ri 10 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobiga moliyalashtirilayotgan bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida loyiha ishlarini jadallashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Viloyat hokimi loyihani qo‘llab-quvvatlab, amaliy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
O‘zbekiston | 10:27
-
Germaniya o‘ta muhim obektlarni kiberhujumlardan himoya qilishni kuchaytiradi
Jahon | 10:11
-
“O‘zbekinvest”da korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Misrdagi qadimiy qo‘lyozmalar O‘zbekistonda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:43
Mavzuga oid

07:20 / 28.07.2025
Intel Germaniyada chiplar zavodi qurishdan voz kechdi

23:31 / 27.07.2025
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi

19:22 / 25.07.2025
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:54 / 24.07.2025