O‘zbekiston | 07:38 / 18.07.2025
717
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar startaplari uchun mablag‘ ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining "Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarini qo‘llab-quvvat lash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. 

2025 yil yakuniga qadar biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha elektron platforma ishlab chiqiladi.

Qoplanadigan xarajatli startap loyiha - 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston fuqarosi yoki ushbu fuqaroga tegishli yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan, yangi mahsulot yoki xizmat yaratuvchi keng ko‘lamli innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda 7 yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan biznes loyihasi.

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar mavjud:

jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banki orqali kreditlar berish, shu jumladan arizalarni ko‘rib chiqish va tijorat bankiga moliyaviy resurslar ajratish tartibi, har bir tur bo‘yicha kreditlar ajratishning o‘ziga xos xususiyatlari;
xarajatlarning bir qismini jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplash qoidalari;
yoshlarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun BHMning 320 baravarigacha miqdorda kreditlar ajratiladigan olis va chekka hududlar ro‘yxati.
 
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari ro‘yxati faoliyat turiga qarab 100 mln so‘mdan 2,5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kreditlarni o‘z ichiga oladi.

Bunda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarning 50 foizigacha qisman qoplanishi nazarda tutilgan:

yuqori muvaffaqiyat salohiyatiga ega startap g‘oyasini tajriba namunasi darajasiga yetkazish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlar, murabbiylarni (mentorlarni) jalb qilish, biroq 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bog‘liq, biroq 10 ming AQSh dollaridan oshmaydigan.

Mavzuga oid