Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Ukraina budjetiga 19 mlrd yevroni yo‘naltirish imkonini izlamoqda
Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga bo‘lgan umidlar susayganligi sababli, Yevropa Ittifoqi Kiyevga 2026 yilgi budjetdagi teshikni yopishda yordam bermoqchi.

Foto: Viacheslav Ratynsky/REUTERS
Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi Yevropa Ittifoqi rasmiylari Ukrainaga kelasi yilgi 19 milliard yevrolik budjet taqchilligini qoplashda yordam berish imkoniyatlarini zudlik bilan o‘rganayotgani haqida xabar berdi.
Hozirda Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan turli xil qo‘llab-quvvatlash variantlarini muhokama qilmoqda, jumladan, Ukrainaga budjetdan tashqari grantlar ko‘rinishida harbiy yordam yuborish, Kiyevga joriy G7 qo‘llab-quvvatlash sxemasi bo‘yicha 50 milliard dollar miqdorida kreditlar berish va Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan foydalanish, deb yozadi FT bir necha anonim manbalarga tayanib.
«Ukrainaning kelasi yilgi budjet taqchilligi hozircha tashqi moliyalashtirish hisobiga qoplanmagan», — deydi mualliflar. «Kelgusi yil haqidagi xavotir kuchayib bormoqda va bu yil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga umid qilgan ko‘plab manfaatdor tomonlar har qanday ssenariyda moliyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishini anglab, o‘z xarajatlarini qayta hisoblashga majbur», — deya Kiyev bilan muzokaralarda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining yuqori martabali amaldoridan iqtibos keltiradi jurnalistlar.
Nashr manbalari ta’kidlaganidek, 2025 yil davomida Ukrainadagi urushning kuchayishi, Kiyev va Moskva o‘rtasida yaqin orada o‘t ochishni to‘xtatishga ishonch yo‘qligi fonida Yevropa Komissiyasi allaqachon Ukraina bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan xarajatlarni to‘g‘rilashga majbur bo‘lgan.
Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) Ukrainaning moliyaviy ehtiyojlari kelasi yilda qoplanadi, deb hisoblaydi. Biroq, bu hisob-kitoblar urush shu yil yoki 2026 yilning o‘rtalarida tugashi haqidagi taxminlarga asoslanadi, bu hozircha YeI uchun ham, Ukrainaning o‘zi uchun ham dargumon.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
-
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 23:54 / 11.08.2025
Mavzuga oid

19:53 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi

18:16 / 11.08.2025
AQSh vitse-prezidenti: “Ukrainaning urushini moliyalashtirishdan charchadik”

16:35 / 11.08.2025
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida

11:32 / 11.08.2025