Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: Getty images
Nizom nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:
🔹 bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi;
🔹 ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi.
Nizomga ko‘ra, "Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reyestri" axborot moduli yuritiladi.
Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:
🔸 elektron reyestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlagan;
🔸 mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan.
Ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta’minlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:
▪️surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
▪️psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
▪️hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.
Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali murojaat qiladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
-
O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
-
O‘zbekiston universitetlari saudiyalik yoshlar uchun grantlar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 08:20
Mavzuga oid

07:49
In vitro ko‘chatlarini sotib olishga subsidiya ajratiladi

08:42 / 31.07.2025
Paxta yetishtiruvchi dehqon va fermerlarga subsidiya ajratiladi

14:59 / 30.07.2025
Ayollarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

15:33 / 23.07.2025