Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi
2016 yilgi AQSh prezidentligi saylovlariga Rossiyaning aralashuvini baholashda ko‘plab protsessual qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani keltirilgan hisobot e’lon qilindi.

Foto: Evelyn Hockstein/Reuters
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiyaning aralashuvini baholashda ko‘plab protsessual qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani keltirilgan hisobotni e’lon qildi. Unda avvalgi baholash siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
2016 yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp, Demokratlar partiyasidan esa Hillari Klinton AQSh prezidentligi uchun kurashgan. Hujjatda ko‘rsatilishicha, Rossiyaning aralashuvi haqidagi baholash «yuqori martabali rossiyalik amaldorlarning ochiqchasiga namoyon bo‘lgan xatti-harakatlari va davlat tomonidan nazorat qilinadigan OAV faoliyati asosida» amalga oshirilgan.
«Tahlilchilarning aksariyati Klintonni qoralash Trampni qo‘llab-quvvatlash bilan barobar, degan xulosaga kelgan», — deyiladi hisobotda.
Bu boradagi tahlillarni o‘tkazishni 2025 yil may oyida Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Jon Retkliff buyurgan. U 2020-2021 yillar Donald Tramp davrida razvedka boshqarmasiga rahbarlik qilgan va 2025 yil yanvarda, Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan keyin yana lavozimga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda AQSh maxsus prokurori Robert Myuller ofisi Rossiyaning Amerika prezidentligi saylovlariga aralashuvi ishini tergov qilgandi. 2018 yil fevralda idora ishda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan ayblov xulosasini chop etgan. 9 oy davomida tayyorlangan hujjat 40 ga yaqin sahifaga ega edi. Unda 13 rossiyalik ismi tilga olingan. Maxsus prokuror ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu rossiyaliklarning barchasi AQSh prezidenti saylovlari natijalariga ta’sir qilmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqmagan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

11:22
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda

01:25
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi

20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi

20:41 / 10.08.2025