Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi
Ohangaron yo‘li ko‘chasining Qorasuv ko‘chasidan Birlashgan ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismi vaqtincha yopildi. Shu bois bir qator avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi.
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Ohangaron yo‘li ko‘chasining Qorasuv ko‘chasidan Birlashgan ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismi vaqtincha yopilishi sababli ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Xususan:
- 95, 110, 128-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Ohangaron shohko‘chasidagi qo‘shimcha mahalliy yo‘l orqali o‘zgartirildi;
- 18, 30, 44, 49, 119, 129-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Qorasuv, Aviasozlar, Beshariq ko‘chalari orqali o‘zgartirildi.
«Yo‘l ta’mirlash ishlari jarayonida harakat cheklanishi va uzoq muddatli transport tirbandliklari yuzaga kelishi holatlariga ko‘ra avtobus yo‘nalishlari harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini ma’lum qilamiz», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 97- va 157-sonli avtobus yo‘nalishlari qatnov yo‘li vaqtinchalik o‘zgartirildi.
Har ikki yo‘nalish Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasidan ortga qayrilib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettiradi.
97-sonli avtobus yo‘nalishi:
- Toshkent vokzalidan Yunusobod dehqon bozoriga borishda Amir Temur va Bog‘ishamol kesishmasigacha harakatlanadi va u yerdan ortga qayrilib, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatni davom ettiradi.
157-sonli avtobus yo‘nalishi:
- Paxtakor metro bekatidan Yunusobod 19-dahaga borishda xuddi shu kesishmaga yetib boradi va ortga qayriladi.
Ta’kidlanishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari yakunlangach, avtobuslar avvalgi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
-
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi
Jahon | 19:26
Mavzuga oid

18:45
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22
Uzbekistan Airways Toshkent - Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi

11:17
Ko‘cha o‘rtasiga panjara: bu qanchalik to‘g‘ri?

18:23 / 31.07.2025