Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Huquq-tartibot organlari ular Jazoirdan mamlakatga kelishga uringan noqonuniy migrantlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Foto: Alamy
Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Balear dengizidan qo‘l va oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadini topdi, deb yozmoqda Daily Mail.
Qayd etilishicha, ular Ispaniyaga Jazoirdan kechuv orqali suzib kelishga uringan migrantlar bo‘lishi mumkin. Bunday yo‘nalish allaqachon minglab insonlarning umriga zomin bo‘lishga ulgurgan.
Shuningdek, qirg‘oqdan yana bir necha kishining jasadi topilgan. Aftidan, ular qasddan o‘ldirilgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishda yuzaga kelgan mojaro tufayli migrantlarning qo‘l-oyoqlari bog‘lanib, bortdan otib yuborilgan bo‘lishi mumkin.
Jazoirdan migrantlarni noqonuniy tashish bilan shug‘ullanuvchi kemalarning yo‘lovchilari qanday vaziyatga tushib qolganliklarini anglagani bois huquq-tartibor xodimlari bilan aloqaga bormaydi — bu esa tergovni yanada qiyinlashtiradi.
Mazkur holatda jasadlar bir oy davomida topilgan. Ulardan birini 18 may kuni xususiy kema yo‘lovchilari payqab qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan Ispaniya fuqarolik gvardiyasi xodimlari jasadni suvdan chiqargan. Halok bo‘lgan shaxs qutqaruv nimchasida, qo‘l-oyoqlari esa bog‘langan holatda bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda Balear dengizida migrantlarni tashish bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab qayiqlar aniqlangan. 20 iyundan 22 iyunga qadar Ispaniya huquq-tartibor organlari sohilga kelishga uringan 344 kishini qutqargan.
Halok bo‘lganlar jasadi plyajlardan topilmoqda. Masalan, Kan-Pastilya yaqinidagi dengizdan inson oyog‘i topilgan. Shuningdek, oyoqsiz ayol jasadi va inson skeletiga ham duch kelingan. Umumiy hisobda yarim yil davomida Balear qirg‘oqlaridan 30 kishining jasadi qoldiqlari topilgan. Ispaniya gazetalari ayrim mahalliy plyajlarni «qabriston» deb atamoqda.
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

19:21 / 11.08.2025
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi

15:42 / 04.08.2025
Moskvada o‘nlab o‘zbek va tojik migrantlari soatlab ushlab turilibdi, Kun.uz TIVga so‘rov jo‘natdi

16:08 / 03.08.2025
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar

19:06 / 27.07.2025