Jamiyat | 10:10 / 24.06.2025
2778
1 daqiqa o‘qiladi

«Quruvchilar» va «Yangiobod» metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati to‘xtatiladi

«Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. 

Foto: Transport vazirligi

Toshkent metropolitenining Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishining «Texnopark – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda.

Rejali profilaktik ishlarni keyingi navbatini amalga oshirish uchun 2025 yil 28 iyun sanasida boshlab, «Quruvchilar» (12-bekat) — «Yangiobod» (6-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, «Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. 

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Mavzuga oid