Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni yirik sanoat korxonalarini «yashil» energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, 2030 yilga borib, yurtimiz aholisi 41 milliondan, iqtisodiyot hajmi 200 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Tabiiyki, bu elektr energiyasiga qo‘shimcha talab tug‘diradi.
Taqdimotda bu yil amalga oshirilayotgan loyihalar va yaqin kelajakdagi rejalar haqida axborot berildi. Ulardan asosiy maqsad generatsiya, modernizatsiya va energiya samaradorlikdir.
Xususan, yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi, 12 ta energiya saqlash tizimi ishga tushiriladi. Ularga investitsiya hajmi jami 5 milliard dollardan ziyod bo‘lib, salkam 9 milliard kilovatt-soat quvvatga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu yil umumiy qiymati 7 milliard 200 million dollarlik yana 11 ta loyiha qurilishi boshlanadi.
Yurtimizda jami elektr iste’molining uchdan bir qismi 18 ta tarmoqqa to‘g‘ri keladi. Masalan, suv xo‘jaligidagi nasoslarga yiliga 6,5 milliard kilovatt soat elektr sarflanyapti. Shu bois 12 ta yirik nasosni modernizatsiya qilib, har biriga 75-100 megavattli quyosh stansiyasi hamda 50 megavattli saqlash qurilmasi o‘rnatish vazifasi belgilandi. Natijada nasoslarning elektr sarfi yiliga 2 milliard kilovatt-soatga kamayib, 4,5 milliard kilovattga tushadi. Bu ishlar, avvalo, suv chiqarish tannarxi baland bo‘lgan Qarshi magistral kanalidan boshlanadi.
Neft-gaz korxonalarida ham 240 megavattli quyosh stansiyasi va 300 megavattli saqlash qurilmalari o‘rnatib, kamida 600 million kilovatt-soat elektr olish imkoniyati bor.
Umuman, yig‘ilishda elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoqni o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ijtimoiy muassasalarda quyosh energiyasidan foydalanish borasidagi ishlar haqida ham axborot berildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
Mavzuga oid

14:57
Yil boshidan buyon qancha “yashil” energiya ishlab chiqarilgani aytildi

12:36
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

22:57 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi

19:58 / 07.07.2025