Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 8 yilga qamaldi
Qo‘shko‘pir tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bekzod Davlatov fuqaroga hokimlik zaxirasida bo‘lgan jami 51 ga yer maydonni auksion savdolari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U buning evaziga 25 ming dollar hamda dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 50 mln so‘m berishi kerakligini aytgan. “Zamhokim” fuqaroning pora berish jinoyati sodir qilishiga dalolatchilik qilganlikda aybli deb topilgan.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikdan mahrum qilindi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
1991 yilda tug‘ilgan Bekzod Davlatov Qo‘shko‘pir tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Unga nisbatan 2024 yil 13 noyabr kuni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Sud hukmiga ko‘ra, Bekzod Davlatov qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlarini ajratish vakolati bo‘lmasa-da, 2024 yil 12 noyabr kuni fuqaro X.I.ga tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan jami 51,1 ga yer maydonini auksion savdolari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga hokimlik tizimidagi yuqori lavozimlarda ishlovchi mansabdor shaxslarga har bir gektar yer maydoni uchun 500 AQSh dollaridan jami 25 ming AQSh dollari va dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yana 50 mln so‘m berishi kerakligini aytib, aldagan.
“Zamhokim” X.I.ni mansabdor shaxsga pora berishga qiziqtirgan. Bekzod Davlatov 2024 yil 12 noyabr kuni X.I.dan 25 ming dollar hamda 50 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga suiqasd qilgan hamda X.I.ni pora berish jinoyati sodir qilishiga dalolatchilik qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudining 2025 yil 11 apreldagi hukmi bilan Bekzod Davlatovga 2 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.
Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 16 iyundagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

10:16 / 10.07.2025