Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Eronga berilgan zarbalarni «oqlab bo‘lmaydigan» deb atadi
Shuningdek, Putin Eronga mintaqadagi mavjud vaziyatdan chiqishning ehtimoliy yo‘llari haqida birgalikda o‘ylab ko‘rishni taklif qildi.

Foto: kremlin.ru / Sergey Karpuxin / TASS
Eronga berilgan zarbalar asossiz tajovuzdir va ularni umuman oqlab bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Siz Rossiyaga mintaqadagi va mamlakatingiz atrofidagi vaziyat keskinlashib borayotgan og‘ir vaqtda tashrif buyurdingiz. Hozirgi voqealar bo‘yicha bizning pozitsiyamiz hammaga ma’lum, buni Rossiya nomidan TIV bildirgan. BMT Xavfsizlik Kengashida qanday pozitsiyani egallaganimiz ham sizlarga ma’lum», dedi Putin unga yuzlanib.
Putinning fikricha, Rossiya Eronga yordam berishga harakat qilmoqda. Xususan, Putin mintaqadagi mavjud vaziyatdan chiqishning ehtimoliy yo‘llari haqida birgalikda o‘ylab ko‘rishni taklif qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari 22 iyun kuni Moskvaga bordi. U Putinga oliy rahnamo Ali Xominaiyning maktubini topshiradi, unda Tehron AQSh zarbalaridan keyin yordam yordam so‘ragan, deb yozdi Reuters.
22 iyunga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar Eronning uchta yadroviy inshootiga – Isfaxon, Fordo va Natanz shaharlariga qator zarbalar berdi. Shu tariqa Vashington yadroviy dasturi tufayli Eronga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazayotgan Isroilga qo‘shildi. AQSh prezidenti Donald Tramp so‘zlariga ko‘ra, obektlarga yetkazilgan zarar juda katta bo‘lgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron va G‘azo sektoridagi maqsadlariga yaqinlashayotganini ma’lum qildi. Tehron AQSh hujumidan keyin javob choralarini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
Jahon | 12:21
-
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:20
-
O‘zbekiston MDHning Shaxslarni davlatlararo qidirish shartnomasi bayonnomasini tasdiqladi
O‘zbekiston | 12:12
-
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

12:04
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi

11:53
Rossiya dumasi chet elga turlar uchun soliq joriy qilmoqchi

11:41
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

10:15