Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 12:18 / 23.06.2025
1860
1 daqiqa o‘qiladi
Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda
Respublikada 2025 yil 1 iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar 37 718 tani tashkil etdi.

Foto: O‘zA
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni yil boshidan 1 453 taga oshgan. Shuningdek, ular sohalar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi savdo sohasiga (40,1 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni:
- savdo sohasida – 15 134 ta;
- sanoat sohasida – 8 531 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 208 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 576 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 634 ta;
- tashish va saqlash sohasida – 344 ta;
- qurilish sohasida – 302 ta;
- axborot va aloqa sohasida – 240 ta;
- boshqa sohalarda – 2 749 tani tashkil etdi.
Mavzuga oid

13:39
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti

12:33 / 12.07.2025
O‘zbekistonga 3 mlndan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi

12:29 / 09.07.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi

23:25 / 05.07.2025