Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi
Ular orasida Isroil fuqarosi ham bor.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashish chog‘ida Rossiya tomoni Kiyevga Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolarining jasadlarini ham topshirgan va ular Ukraina harbiylari ekanini da’vo qilmoqda. Bu haqda u 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
«Masalan, ularning tarafida jang qilgan isroillik yollanma askar bor. Isroil fuqarosi. Isroil hujjatlari bilan. Vaholanki, ular bizga bular faqat ukrainlar va faqat harbiylar ekanini aytishgandi. Ammo bu allaqachon tasdiqlangan yolg‘on», – deya Zelenskiyning so‘zlarini keltirgan «RBK-Ukraina».
Uning so‘zlariga ko‘ra, bular yagona holatlar emas.
«Ba’zida bu jasadlar yonida Rossiya pasporti bilan ham kelgan. Bu shuni anglatadiki, ular hatto kimni yuborayotganini o‘zlari ham tekshira olmaydi, chunki odam juda ko‘p. Ekspertiza kerak. Bunga qancha vaqt kerakligini bilmayman ham», – deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
«RBK-Ukraina»ning yozishicha, uchrashuvda qatnashgan jurnalistlarga dalil sifatida jasadlarning yonidan chiqqan, RF fuqarosi pasporti hamda boshqa hujjatlar ko‘rsatilgan.
Zelenskiyning fikricha, Moskva bu bilan qurbon bo‘lgan ukrain harbiylari sonini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
Ukraina bungacha ham Istanbul kelishuvlari doirasida jasadlarni almashish jarayonida Rossiya Ukraina o‘z askarlari jasadlarini topshirganini aytib chiqqandi. Xususan, mamlakat ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ham jasadlarning yonidan rossiyalik harbiylarning hujjatlari topilganini ma’lum qilgandi.
Rossiya prezidenti yordamchisi, Ukraina bilan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Vladimir Medinskiy ukrainlarning bu da’volarini gebbelscha propagandaga qiyoslagan.
«Bizning jangchimizning tanasi shunchaki jang maydonidan olingan, keyin esa ukrain propagandachilari katta o‘rtoqlari o‘rgatgan metodikani eslab qolishgan», – deya taxmin qilgandi u.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:34
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025