Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» - Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi yadroviy obektlarga berilgan zarbalar ortidan murojaat bilan chiqdi. Tramp ushbu hujumlarni «hayratomuz harbiy muvaffaqiyat» deb atagan hamda Eronning yadroviy inshootlari «butunlay va to‘liq yo‘q qilinganini» da’vo qildi.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampga uning qisqa murojaatida davomida vitse-prezident James Vens, davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegset hamrohlik qildi.
Tramp ushbu hujumlarni «hayratomuz harbiy muvaffaqiyat» deb atadi va Eronning yadroviy inshootlari «butunlay va to‘liq yo‘q qilinganini» da’vo qildi.
«Eron endi tinchlikni tanlashi kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan ham kattaroq va ancha oson bo‘ladi. Yana ko‘plab nishonlar bor... Agar tinchlik tez orada kelmasa, biz ularni aniqlik, tezlik va mahorat bilan yo‘q qilamiz,» dyeya Tramp yana Eronni ogohlantirdi.
U shuningdek, bu holat davom etmasligini ta’kidladi. «Yoki tinchlik bo‘ladi, yoki Eron uchun, so‘nggi sakkiz kun ichida ko‘rganimizdan ancha dahshatli fojia yuz beradi,» degan AQSh yetakchisi.
Tramp o‘z murojaatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga minnatdorchilik bildirib, AQSh va Isroil «bir jamoa sifatida ishlaganini» aytdi:
«Men bosh vazir Bibi Netanyaxuga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz bir jamoa sifatida, ehtimol ilgari hech kim kabi, hamkorlikda ishladik. Bu Isroil uchun xavfni yo‘q qilish yo‘lida katta qadam bo‘ldi. Isroil armiyasiga qilgan ajoyib ishi uchun minnatdorman.»
Trampga ko‘ra, bu hujumlarning asosiy maqsadi Eronning yadro boyitish imkoniyatini tugatish va «terrorizmning dunyodagi eng yirik homiysi» tomonidan kelayotgan yadro tahdidini to‘xtatish bo‘lgan.
«Bugun kechasi men butun dunyoga shuni xabar bera olaman: bu zarbalar hayratomuz harbiy muvaffaqiyat bo‘ldi,» — dedi u.
Jonli efirdagi murojaatidan so‘ng, Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eronni yana ogohlantirdi:
«Eron tomonidan AQShga qarshi har qanday javob harakati, bugun kechasi guvohi bo‘lgan harakatlardan ham ancha kuchli kuch bilan qarshilanadi».
Tramp, shuningdek, Bosh shtab rahbari general Den Keyn yakshanba kuni ertalab, soat 08:00da (GMT 12:00) matbuot anjumani o‘tkazishini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi
Jahon | 16:34
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
Mavzuga oid

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

18:48 / 19.07.2025
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini fosh qildi

17:51 / 19.07.2025
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi

14:13 / 19.07.2025