Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning bir qancha shaharlariga havodan hujum qildi
Xarkiv, Odessa va Sumida portlashlar eshitildi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kamida besh kishi jarohatlangan.

Foto: Ukrainian Emergency Service/AP/dpa/picture alliance
20 iyun, jumaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning bir qancha hududlariga hujumkor dronlari bilan navbatdagi hujumni amalga oshirdi. Xususan, Xarkiv, Odessa va Sumiga zarbalar berildi. «Bugun tunda Xarkiv ikkinchi marta dushman dronlari tomonidan hujumga uchradi», deb yozgan shahar meri Igor Terexov mahalliy vaqt bilan taxminan soat 2:00 da. Shaharning to‘rtta tumanida kuzatilgan beshta zarba natijasida uch nafar yarador va ko‘p qavatli uy hovlisida 50 ga yaqin mashina shikastlangani ma’lum, dedi u.
Xarkov OHM rahbari Oleg Sinegubovning ta’kidlashicha, jarohatlanganlar orasida 12 va 17 yoshli qizlar ham bor. «Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, dushman Xarkivning Shevchenko tumaniga uchuvchisiz uchoqlar yordamida 8 marta zarba bergan», — deya qo‘shimcha qildi u.
«Dushman yana Odessaga hujumkor dronlari bilan katta zarba berdi», dedi Odessa OHM rahbari Oleg Kiper. «Shahar markazida dron zarbasi natijasida ko‘p qavatli bino yonib ketdi». Kiperning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, fuqarolik infratuzilmasi, turar joy binolari, oliy o‘quv yurti binosi, gaz quvuri va shaxsiy avtomobillarga zarar yetkazilgan.
Sumi OHM yangi rahbari Oleg Grigorovning so‘zlariga ko‘ra, Sumi shahrining Kovpakov tumanidagi hujum natijasida turar joy sektoridagi binolardan biri yonib ketgan. «Yong‘in o‘chirildi. Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi», — deyiladi uning Telegram'dagi xabarida.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi qariyb uch yarim yildan beri davom etayotgan agressiv urushi boshlanganidan beri Rossiya havo kuchlarining Ukraina shaharlariga zarbalari deyarli har kuni amalga oshirilmoqda. Kreml rasmiylari esa Rossiya armiyasi faqat Ukrainadagi harbiy nishonlarga zarba berayotganini da’vo qilishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

14:57 / 19.07.2025
Rossiya rep ijrochi Face'ni qidiruvga berdi

12:41 / 19.07.2025
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi

11:44 / 19.07.2025