Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana +38…+42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Juma kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha +34…+37 daraja harorat fonida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat yana +38…+40 darajagacha, janubda +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Lekin respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20–22 metr/soniyaga yetishi mumkin.
20–22 iyun kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kunduzi +35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari +37…+40 darajagacha ko‘tariladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

09:50
Jazirama kunlarda qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

10:21 / 16.07.2025
Davomli jazirama kunlar kelyapti

15:38 / 14.07.2025
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda

16:38 / 11.07.2025