Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi.

Foto: tsul.uz
Nizom 2023-2024 va 2024-2025 o‘quv yillarida TDYuU huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Bitiruvchilar 20 iyunga qadar oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish uchun tavsiya qilishni so‘rab maxsus komissiyaga ariza beradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
- bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.
Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi dastlabki 2 yil uchun amal qiladi.
Har yili 1 iyulgacha suhbat komissiyasi tashkil etiladi. Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.
Abituriyent quyidagi hollarda o‘qishga qabul qilinmaydi:
- yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;
- yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball to‘planganda.
Har yili 10 avgustgacha oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni bakalavriatga o‘qish uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

09:41 / 15.07.2025
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi

23:51 / 10.07.2025
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

14:49 / 01.07.2025
9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi

12:43 / 26.06.2025