Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp rejani ma’qullagan, lekin Eronga zarba berish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan
CBS nashri Oq uydagi manbalariga tayanib tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp «Eron o‘zining yadroviy dasturidan voz kechishga rozi bo‘lishi mumkin», degan umidda hujumni boshlashni vaqtincha kechiktirmoqda. Bu vaqtda AQSh Yaqin Sharqda aviatashuvchilari, harbiy tanker va hujumchi samolyotlarini to‘plamoqda.

Foto: Kenny Holston/The New York Times
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni nishonga olish rejasini ma’qullagan, ammo mamlakatga zarba berish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
AQSh CBS nashri manbasiga ko‘ra, Tramp «Eron o‘zining yadroviy dasturidan voz kechishga rozi bo‘lishi mumkin» degan umidda hujumni boshlashni vaqtincha kechiktirmoqda. AQSh Eronning yer ostidagi Fordo uran boyitish zavodiga zarba berishni ko‘rib chiqmoqda.
Tramp chorshanba kuni jurnalistlarning AQShning Eron bilan bog‘liq rejasi haqidagi savoliga: «Balki qilaman, balki yo‘q», deb javob berdi.
Trampning Eronga tahdidlari va OAVda tarqalgan xabarlar fonida AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlari to‘planishi kuzatilmoqda.
AQSh mudofaa vaziri Piter Hegset AQSh Senatidagi tinglovda «Pentagon prezident Trampning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor» ekanini qayd etgan.
Xususan, ayni vaqtda Qo‘shma Shtatlarning USS Nimitz aviatashuvchi kemasi yetakchiligidagi zarbdor guruhi Janubi-Sharqiy Osiyodan ko‘chib, allaqachon Fors ko‘rfazida turgan USS Carl Vinson guruhi bilan birlashmoqda.
Shuningdek, Yevropadan harbiy tankerlardan tortib F-22 va F-35 hujumchi samolyotlargacha bo‘lgan turli havo kuchlari harakatlanayotgani kuzatilmoqda.
BBC xabariga ko‘ra, hozircha AQSh Buyuk Britaniyaning Diego Garsia yoki Kiprdagi harbiy bazalaridan foydalanish uchun rasmiy so‘rov yubormagan.
Odatiy hollarda, bunday zarba bo‘lishidan oldin AQSh ittifoqchilarini xabardor qiladi. Britaniyalik manba «Vashingtonda barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda, lekin yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q» deya bildirgan.
Shuningdek, AQShning Quddusdagi elchixonasi chorshanba kuni Isroilda bo‘lgan amerikalik fuqarolar uchun evakuatsiya rejasini e’lon qildi. Hozircha qancha amerikalik chiqib ketmoqchi ekani noma’lum. Ularni evakuatsiya qilishda AQSh harbiylari qatnashadimi — bu ham aniq emas.
Kecha Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk marta davlat televideniyesi orqali bayonot berib, Trampning tahdidlariga javob bergan edi. U o‘z murojaatida AQShning har qanday harbiy aralashuvi ularning o‘zi uchun tuzatib bo‘lmas zarar bilan yakunlanishini aytgan.
Tramp esa Eron yetakchisining bu rad javobini e’tiborsiz qoldirib, «Omad tilayman», dedi va rejalari haqida yana hech narsa oshkor etmadi: «Nima qilmoqchiligimni hech kim bilmaydi» degan u jurnalistlarga.
«Human Righs Activiss» tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 13 iyundan beri Isroilning Eron hududidagi zarbalari natijasida 585 kishi halok bo‘lgan, shundan 239 nafari tinch aholi, 126 nafari esa xavfsizlik kuchlari xodimlari bo‘lgan.
Eron Isroilga javoban qariyb 400 ta raketa otgan. Isroil rasmiylariga ko‘ra, bu hujumlarda 24 kishi halok bo‘lgan — ularning barchasi tinch aholi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Jahon | 15:14
-
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:12
-
2030 yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi - Transport vaziri
O‘zbekiston | 15:04
-
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
Jahon | 14:59
Mavzuga oid

11:06
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:01
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

18:31 / 13.07.2025