Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi
Malayziya O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni beg‘araz taqdim qildi.

Foto: "Dunyo" AA
Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga qiymati 20 ming AQSh dollarga teng bo‘lgan ingliz tilidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar ko‘rinishidagi texnik ko‘makni taqdim etdi.
Bu O‘zbekiston elchixonasi va Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvga muvofiq amalga oshirildi.
500 ga yaqin, jumladan, muhandislik, tibbiyot, moliya-iqtisod, kimyo-biologiya, matematika va kompyuter texnologiyalari kabi yo‘nalishlarga oid ingliz tilidagi adabiyotlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ko‘magida O‘zbekistonga yuborildi.
Mavzuga oid

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37 / 12.07.2025
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin

21:25 / 10.07.2025
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi

08:28 / 09.07.2025