Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol sobiq rahbari shaxslarni pora evaziga qidiruvdan olib tashlaganlikda gumonlanmoqda
Moldovalik Vitali Pirlog og‘ir jinoyatlarda gumonlanuvchilarga Interpol tomonidan hibsga olinmaslik imkonini beradigan xalqaro sxemaning asosiy shaxsi sifatida ko‘rilmoqda.

Foto: INTERPOL
Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi 19 iyun kuni Moldova sobiq adliya vaziri Vitali Pirlog hibsga olinganini tasdiqladi, u 2017—2022 yillarda Interpol fayllarini nazorat qilish komissiyasi (CCF) raisi bo‘lib ishlagan.
U 15 iyun kuni Fransiya so‘roviga ko‘ra, Dubayda hibsga olingan. Pirlog hujjatlarni qalbakilashtirish, poraxo‘rlik va firibgarlikda vositachilik qilishda gumon qilinmoqda.
Bloomberg ma’lum qilganidek, Pirlog o‘nlab og‘ir jinoyatlarda gumonlanuvchilarga Interpol tomonidan hibsga olinmaslik imkonini beradigan xalqaro sxemaning asosiy shaxsiga aylangan. Gumonlanuvchilar Moldovadagi advokatlar va rasmiylar orqali soxta qochqin maqomini olgan, bu esa Interpol ma’lumotlar bazasidagi qizil (qidiruv) bildirishnomani avtomatik ravishda bloklash imkonini berdi. Bu amaliyot 2017 yildan beri mavjud. Tergovchilarga ko‘ra, sxema 2022 yil o‘rtalaridan boshlab, fosh etilgunga qadar taxminan 6 oy davomida ishlagan.
Bloomberg va RISE Moldova tomonidan olib borilgan surishtiruvga ko‘ra, kamida 26 kishi ushbu sxemadan foydalangan, jumladan:
- Andrey Shlyaknovoy — rossiyalik bankir, «Agrosoyuzbank»dan 130 million rublni o‘zlashtirishda ayblangan;
- Sergey Shpak — 2019 yilda Rossiyada 1,8 milliard rubl miqdoridagi firibgarlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan rossiyalik tadbirkor;
- Murat Usenov — Qirg‘iziston sobiq bosh vazirining o‘g‘li, pul yuvishda ayblangan;
- Sergey Osherovskiy — Ukraina va Isroil fuqarosi, 1 million dollar undirishda gumon qilinmoqda;
- Chen Mulin - Singapur tarixidagi eng yirik pul yuvish ishida ishtirok etgan kiprlik-kambojalik tadbirkor;
- Duan Xongtao - Xitoy bankining aksiyadori bo‘lib, 358 million dollarni o‘zlashtirish va 248 million dollarni yuvishda gumon qilinmoqda;
- Tarik Kerbuchi - Fransiya fuqarosi bo‘lib, uch tonna kokain kontrabandasida ayblanmoqda.
Bildirishnomalarni olib tashlash uchun soxta boshpana arizalari va soxta hujjatlar ishlatilgan. Pullar Pirlogning BAAdagi kompaniyasi hisob raqamiga o‘tkazilgan.
Pirlogning o‘zi advokati orqali ayblovlarni rad etmoqda. U dalillarning qonuniyligiga e’tiroz bildiryapti va BAAdagi kompaniya faqat qonuniy faoliyat bilan shug‘ullanganini da’vo qiladi. BAA sudi hali Pirlogni Fransiyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilgani yo‘q.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

23:47 / 08.07.2025
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

19:24 / 05.07.2025