Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
AQSh pozitsiyasi xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va normalariga zid va BMT Nizomini buzadi, deyiladi notada.

Foto: Reuters
Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlari yuzasidan AQSh vakili bo‘lgan Shveytsariyaning Tehrondagi elchisi Nadin Oliveri Losanoga norozilik bildirdi, deb yozdi Mehr.
Tehron Trampning so‘zlarini provokatsion va tahdidli deb atadi.
«AQSh pozitsiyasi xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va normalariga zid va BMT Nizomini buzadi. Shuningdek, AQSh hukumatining Isroilning Eronga qarshi hujumlarida davom etayotgan hamkorligi va sherikligining yaqqol belgisidir», deyiladi xabarda. Losano zudlik bilan notani Vashingtonga yetkazishi kerak.
Avvalroq, 18 iyun kuni Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» e’lon qilgan edi. Prezident, shuningdek, Tehronning «so‘zsiz taslim bo‘lishi» kerakligi haqidagi talabini ham eslatdi. Avvalroq Amerika yetakchisi Eron havo hududini to‘liq nazorat qilishini va Qo‘shma Shtatlar Eron oliy rahbari Ali Xominaiy qayerda «yashirinayotganini» bilishini ma’lum qilgandi.
Amerikaning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish ehtimoli haqidagi savolga Tramp: «Men buni qila olaman yoki qilmasligim ham mumkin», dedi.
1980 yilda Tehrondagi Amerika elchixonasida odamlar garovga olinganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Shundan so‘ng, Shveytsariya elchisi Tehrondagi Amerika manfaatlari vakiliga aylandi.
Mavzuga oid

11:06
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

08:01
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

22:28 / 13.07.2025