Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unicon-Soft Xitoyning yetakchi kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi
Memorandumning asosiy maqsadi yangi elektron texnologiyalarni ishlab chiqish, xorijiy investitsiyani jalb etish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan.

Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov mamlakatning yetakchi moliyaviy va texnologik markazlaridan biri — Guandun provinsiyasining Shenchjyen shahrida faoliyat yuritayotgan nufuzli va iqtisodiy barqaror tadbirkorlar, korporatsiyalar hamda kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda Shenchjyenda faoliyat yuritayotgan nufuzli iqtisodiy barqaror kompaniyalar bilan yangi texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda mahsulot va xizmatlarni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi kompaniyalari — Unicon-Soft hamda Shenzhen T.D.S Electronic Technology Co. Ltd. o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, yangi elektron texnologiyalarni ishlab chiqish, xorijiy investitsiyani jalb etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
XXRga xizmat safari davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati Alibaba Cloud Intelligence kompaniyasining vitse-prezidenti va boshqaruv direktori Daniyel Chjao hamda Alibaba.com kompaniyasining elektron tijorat biznes guruhi bosh ijrochi direktori Fan Jing bilan ham uchrashdi. Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishdilar.
Shu bilan birga, Hubei, Huizhou va Kashgar shaharlari rahbariyati bilan raqamli texnologiyalar sohasida ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalar va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
O‘zbekistonga to‘y islohoti kerak: jamiyat o‘zgarishlarga tayyor
O‘zbekiston | 17:36
-
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?
Jahon | 17:26
-
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi
Jahon | 17:23
Mavzuga oid

10:19
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025