Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Frankfurtdagi sud shifokor Alaa M.ni qotillik va qiynoqlarda aybdor deb topib, uning aybining og‘irligini ta’kidladi. Bu uning 15 yildan keyin muddatidan oldin ozod etilishini deyarli imkonsiz qiladi.

Foto: REUTERS
Frankfurt-Mayndagi oliy sud suriyalik shifokor Alaa M.ni insoniyatga qarshi ko‘plab jinoyatlar, jumladan, qiynoqlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. 16 iyun, dushanba kuni u 2011-2012 yillarda o‘z vatani Suriyada ikki kishini o‘ldirgan va yana to‘qqiz kishiga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topildi.
Sudning ta’kidlashicha, 40 yoshli sudlanuvchining aybi og‘ir bo‘lib, bu uning 15 yildan keyin hibsdan muddatidan oldin ozod etilishini amalda imkonsiz qiladi.
Hukm sabablarida shifokor jinoyatlarni Homsdagi harbiy hospital va harbiy razvedka hibsxonasida xizmat qilayotgan vaqtida sodir etgani aytiladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Suriyaning o‘sha paytdagi hukmdori Bashar Asad rejimiga nomaqbul shaxslarni «yo‘q qilish guruhi» nomi bilan tanilgan shifokorlar guruhining bir qismi bo‘lgan. Uning qurbonlari muxolifat vakillari hisoblangan mahbuslar edi.
Raislik qiluvchi sudya Kristof Kollerning so‘zlariga ko‘ra, Alaa M. qiynoqlar paytida o‘zining sadistik tendensiyalarini ko‘rsatgan: u «o‘zidan past va bo‘ysunuvchi deb bilgan odamlarga jismoniy og‘riq berishni yoqtirgan». Do‘q-po‘pisalarga qaramay sudda ko‘rsatma bergan 50 dan ortiq guvohning ko‘rsatmalariga ko‘ra, jinoyatlar orasida kaltaklash, tepish, jarohatlar va tananing turli a’zolarini, jumladan jinsiy a’zolarni kuydirish kabilar ham bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

20:26 / 17.07.2025
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji

14:09 / 17.07.2025
«Biz urushdan qo‘rqmaymiz» – ash-Shar’a Isroil Suriyani beqarorlashtirishga urinayotganini ta’kidladi

13:40 / 17.07.2025
Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga Patriot yuborilganini tasdiqlay olmadi

09:00 / 17.07.2025