Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi
Ikki tomonlama munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha Rossiya va AQSh o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning uchinchi raundi Amerika tomonining tashabbusi bilan bekor qilindi, deb xabar berdi Rossiya TIV. Ushbu qadamning sababi ko‘rsatilmagan.
Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan muzokaralar raundini bekor qilgan. «G‘azablantiruvchi omillarni yo‘q qilish» va elchixonalar faoliyatini to‘liq tiklash masalasi bo‘yicha bo‘lajak uchrashuv «amerikalik muzokarachilar tashabbusi bilan bekor qilindi», dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Uning OAVning tegishli savoliga javobi 16 iyun, dushanba kuni Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.
«Umid qilamizki, ular olgan pauza uzoq davom etmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Zaxarova ikki tomonlama maslahatlashuvlar bekor qilinishi sabablarini aytmasdan.
27 fevral va 10 aprel kunlari Istanbulda munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha Rossiya-Amerika muzokaralarining dastlabki ikki raundi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya delegatsiyasiga Rossiyaning AQShdagi elchisi Aleksandr Darchiyev, Amerika delegatsiyasiga esa davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Sonata Koulter boshchilik qildi. Darchiyevning so‘zlariga ko‘ra, Moskva, xususan, Rossiyaning AQShdagi diplomatik mulki masalasiga to‘xtalgan.
O‘tgan hafta Darchiyev maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi «yaqin kelajakda» Moskvada bo‘lib o‘tishini aytdi. Biroq, AQSh bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

17:51 / 19.07.2025
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi

14:57 / 19.07.2025