Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Eron–Isroil mojarosi haqida fikr bildirishda tavsiyalar berdi
Vazirlik tinchlikparvarlik va bag‘rikenglikka, «provokatsiya va haqoratomuz chaqiriqlarga uchmaslik»ka chaqirgan hamda urushda g‘olib bo‘lmasligini ta’kidlab, urush muammolarni hal etish vositasi emasligini qo‘shimcha qilgan.

Foto: O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan mamlakat fuqarolariga murojaat yo‘lladi.
Vazirlik so‘nggi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida, xususan, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli to‘qnashuvlarga aylangani, bu esa nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otayotganini ta’kidladi.
«Mojaroning avj olishi butun mintaqa barqarorligi va tinchligiga tahdid solayotgani, shubhasiz. Bu jarayonlar, avvalo, oddiy fuqarolar — tinch aholi, ayniqsa, bolalar va ayollar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti, barqarorlik va taraqqiyotga jiddiy xavf soluvchi holat sifatida baholaydi. Urushda g‘olib bo‘lmaydi. Eng katta yo‘qotishni doim oddiy insonlar tortgan va bugun ham shunday bo‘lmoqda», – deyiladi bayonotda.
TIVning ta’kidlashicha, O‘zbekiston har doim tinchlikparvar siyosat yuritib kelgan va shunday davom etadi. Mamlakat barcha davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda.
«Shu munosabat bilan O‘zbekiston fuqarolarini tinchlikparvarlik, bag‘rikenglik va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlashga chaqirib qolamiz. Mojarolarga nisbatan diniy, irqiy yoki boshqa shaxsiy mansubliklar asosida munosabat bildirmaslik, har qanday nafrat va ziddiyat targ‘ibiga qarshi turish barchamizning umumiy burchimizdir», – deydi vazirlik.
Shuningdek, fuqarolar turli provokatsiya va haqoratomuz chaqiriqlarga uchmaslikka, holatlarga nisbatan hissiyot emas, balki vazmin munosabatni saqlab qolishga da’vat etildi. Jamiyatda milliy va diniy totuvlikni saqlash — umumiy barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati ekani eslatib o‘tildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi barcha mojarolar xalqaro huquq normalari va diplomatik muloqot asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlaydi. Tinchlik va o‘zaro hurmat asosidagi munosabatlar har doim yurtimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi».
Avvalroq O‘zbekiston TIV Eron va Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish va tavsiyalar bergandi. Harbiy va boshqa davlat obektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va videoga olmaslik, odamlar gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, zarurat tug‘ilsa, xavfsiz joylarga yo‘l olish so‘ralmoqda.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiya avgustdan Ukraina bilan chegaradagi 20 ta o‘tish joyini yopadi
Jahon | 15:20
-
Pekinda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:00
-
Dubayda oilaviy hordiq: qayerda yashash, ovqatlanish va dam olish mumkin?
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

14:30
Isroil droni Livanda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi

10:42
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

09:54
G‘azo hukumati: Isroil ocharchilikni kuchaytirmoqda

09:26